Kamala Harris
| Kamala Harris | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1964-yil 20-oktyabr Kaliforniya, AQSh |
| Qardosh loyihalar | |
Kamala Devi Harris (1964-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) – amerikalik siyosatchi va huquqshunos. U 2021-yildan 2025-yilgacha Amerika Qoʻshma Shtatlarining 49-vitse-prezidenti boʻlib ishlagan. Demokratik partiya aʼzosi boʻlgan Harris 2017-yildan 2021-yilgacha Kaliforniyadan AQSh senatori, 2011-yildan 2017-yilgacha esa Kaliforniya bosh prokurori lavozimida ishladi.
Iqtiboslari
2019
- Kaliforniyada maktabga avtobusda qatnab boradigan bir qizcha bor edi. Oʻsha qizcha men edim[1].
- Bu saylov siz haqingizda: sizning umidlaringiz, orzularingiz, qoʻrquvlaringiz va tungi soat uchda sizni uygʻotib yuboradigan narsalar haqida. Meni qiziqtiradigan va men kurashayotgan narsa aynan shudir[1].
- Bizda ilmiy fantastikaga ishonadigan prezident bor. Men esa ilmiy haqiqatga ishonaman. Iqlim oʻzgarishi haqiqatdir va biz iqlim inqirozi oʻrtasida turibmiz[1].
- Sogʻliqni saqlash har bir amerikalik uchun huquq boʻlishi kerak, unga qurbi yetadiganlargina ega boʻladigan imtiyoz emas[1].
2023
- Onam baʼzan bizni koyib qoʻyardi va shunday derdi: „Siz, yoshlar, oʻzingizga nima boʻlgan? Oʻzingizni goʻyo kokos daraxtidan shundoqqina tushib qolgan deb oʻylaysizmi?“ Siz yashayotgan barcha narsa va sizdan oldin oʻtgan hamma narsa kontekstida mavjudsiz[2].
- Biz bolalarimizga nafaqat rost gapirishni, balki bilim va haqiqatni izlashni ham oʻrgatamiz[3].
- Bu oʻzini goʻyoki yetakchi deb ataydigan ekstremistlar bolalarimizga targʻibot singdirishga jur’at etmoqda[3].
2024
- Yakkalanish himoya degani emas. Aksincha, Amerika oʻzini dunyodan chetlatgan paytlarda xavf-xatarlar faqat ortgan[4].
- Oʻrta sinfni mustahkamlash mening prezidentligimning belgilovchi maqsadlaridan biri boʻladi[5].
- Menimcha, har bir inson xavfsizlik, qadr-qimmat va adolat huquqiga ega[6].
- Butun faoliyatim davomida mening faqat bitta mijozim boʻlgan: xalq[6].
- Biz ortga qaytmaymiz[6].
- Ayollarga nega ishonmasliklari haqida savol tugʻiladi. Biz esa ayollarga ishonamiz[6].
- Men shu yerga shuni aytish uchun chiqdimki, men bu saylovdagi magʻlubiyatni tan olsam-da, bu kampaniyaga kuch bergan kurashdan voz kechmayman – bu erkinlik, imkoniyat, adolat va barcha insonlarning qadr-qimmati uchun kurashdir[7].
- Bu saylov natijasi biz istagan narsa emas, biz kurashgan narsa emas, biz ovoz bergan narsa emas. Ammo shuni bilingki, Amerika vaʼdasining nuri biz hech qachon taslim boʻlmas ekanmiz va kurashishda davom etar ekanmiz, doimo porlab turadi[7].
- Amerika demokratiyasining asosiy tamoyillaridan biri shuki, saylovda yutqazsak, uning natijasini qabul qilamiz[7].
- Yoshlar, gʻamgin va tushkun boʻlishingiz mumkin. Ammo shuni bilingki, hammasi yaxshi boʻladi. Eng muhimi – hech qachon taslim boʻlmang[7].
Havolalar
Manbalar
- 1 2 3 4 2019-yil 27-iyundagi bayonotlar toʻplami
- ↑ Hispaniklar uchun taʼlimiy tenglik, yuksaklik va iqtisodiy imkoniyatlarni ilgari surish boʻyicha Oq uy tashabbusi komissarlari qasamyod marosimidagi nutq, 2023-yil 10-may
- 1 2 Florida taʼlim koʻrsatmalari haqidagi nutq, Reuters, 2023-yil 21-iyul
- ↑ Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutq, The Washington Post, 2024-yil 16-fevral
- ↑ Kamala Harrisning saylovoldi vaʼdalari, USA Today, 2024-yil 8-avgust
- 1 2 3 4 Demokratik milliy konvensiyadagi asosiy nutq, 2024-yil 22-avgust
- 1 2 3 4 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovidagi magʻlubiyatni tan olish nutqi, 2024-yil 6-noyabr
