bazm

Oʻzbekcha (uz)Turkum:Oʻzbek tili

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

bazm

Aytilishi

Etimologiyasi

BAZM Bu tojikcha ot 'oʻyin-kulgi, xushchaqchaklik bilan oʻtkaziladigan ziyofat' maʼnosini anglatadi (ТжРС, 42; OʻTIL, I, 72). Oʻzbek tiliga tojikcha bazmi samshidy izofa birikmasi ham oxiridagi yoyi nisbatni tashlab bazmi jamshid shaklida olingan boʻlib, 'shohona bazm' maʼnosini anglatadi. Bu birikma tarkibidagi Jamshid qismi — Eronning qadimgi afsonaviy juda boy podshosining ismi (OʻKAAQL, 220). 18
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Turkum:Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbekchada turkiy soʻzlar

\f. f j^ — dabdabali ziyofat

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Musiqa va oʻyinlar bilan oʻtkaziladigan ziyofat, toʻy, utirish; oʻyin-kulgi kechasi.  Qiy-chuv bilan oʻtgan nahorlikdan soʻng hovlida yana bazm boshlandi. Oybek, Tanlangan asarlar.  Dutor yoniga childirmaning chertmagi kelib qoʻshilgandan keyin, bazm tagʻin ham jonlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.  Tabib, siz karnay-surnay chaldi-ring, nogʻoralar jaranglasin, bazm quramiz. "Yoshlik".

Bazmi jamshid Katta bazm, dabdabali, shohona bazm.  \Husayn:\ Oʻhoʻ, bazmi jamshid qizigan ekan-da, kulgilaringiz osmoni falakka koʻtarshshoqda. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.  Katta hovlining toʻridagi shiyponda bazmi jamshid avjida edi. O. Yoqubov, Diyonat. Bazm qurmoq Oʻyin-kulgili, koʻngilochar yigʻilish, oʻtirish uyushtirmoq. Qizlar bazmi etn. Nikohtoʻyida qiz faqat oʻz dugonalari ishtirokida oʻtkazadigan oʻyin-kulgi kechasi.  Uning [Kumushning] vujudi qizlar bazmi ichida boʻlsa ham, xayoli allaqayoqlarda uchib yurgandek, koʻzlari oʻynaguvchi qizlarda boʻlsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani koʻrgandek.. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

2 koʻchma Tabiatdagi jonli va jonsiz narsalarning kishiga zavq beruvchi xatti-harakatlarini ifodalaydi.  Chumchuqlar daraxt shoxlarida yozdagi kabi bazm qurishgan. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat.  Kechasi oʻrdaklar bazmi boiianadi. S. Ahmad, Ufq.  Gulduros, dahshatli gulduroslar; chaqmoqlar, chaqinlar. Osmonlarda chaqmoqlar bazmi.. U. Qoʻchqorov, Hayajonga koʻmilgan dunyo.  Olis-dagi zovurda yolgʻiz baqa ahyon-ahyonda vaqil-lab, sheriklarini bazmga chorlaydi. "Guldas-ta".  Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida kapalaklar bazm quradi, asashrilar gʻuvil-laydi. J. Abdullaxonov, Oriyat.

Sinonimlari

Antonimlari

БАЗМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar

Tarjimalari

bazm

Ruscha ru

bazm
1
пир, пиршество (с участием певцов, танцоров и музыкантов);  ~i Jamshid(iy) (букв. пир Джамшида) пышный, великолепный пир;
2 пирушка; вечеринка;  ~ qurmoq устраивать пирушку.

Turkum:Oʻzbekchada forschadan oʻzlashgan soʻzlar
Turkum:Oʻzbek tili Turkum:Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbekchada forschadan oʻzlashgan soʻzlar Turkum:Oʻzbekchada turkiy soʻzlar