kulgi
Kulgi
Oʻzbekcha (uz)Turkum:Oʻzbek tili
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
kul-gi
Aytilishi
Etimologiyasi
KULGI 'xursandlik, zavq—shavq holatini ifoda — lovchi ovozlar'. Siddihjon kimningdir hattih k u l-g i s i d a n uygʻanib ketdi (Abdulla Qahhor). Bu ot qadimgi turkiy tilda 'xursandlik, zavq—shavq holatini ifodalovchi ovozlar chiqar-' maʼnosini anglatuvchi kül— feʼlidan -gü qoʻshimchasi bilan yasalgan (Devon, I, 405; ЭСТЯ, III, 100); oʻzbek tilida ü unlilarining yum — shoqlik belgisi yoʻqolgan, ikkinchi ochiq boʻgindagi u unlisi i unlisiga almashgan: kül- + gü = külgü > kulgu > kulgi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Turkum:Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbekchada turkiy soʻzlar
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
- Xursandlik, vaqtichogʻlik va zavqdanishni ifodalovchi, boʻlinib-boʻlinib chiqadigan tovushlar, ovozlar. ◆ Sami-miy kulgi. Zalda kulgi koʻtarildi. ◆ Sidiqjon kimningdir qattiq kulgisidan uygʻonib ketdi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Qogʻozi koʻchgan devorlar, toza boʻlsa ham, eskirib ketgan darparda, sargʻaygan choygumni koʻrib, qanoat hosil qildi, shekilli, yana koʻzlarida kulgi oʻynadi. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
- Mazax yoki kalaka qilinadigan narsa; kalaka, mazax ifodasi; masxara. ◆ Bu oʻrinsiz ishdan Oftob oyim achchiqlandi: — Manim holim senga kulgimi, qizim? Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ „Birontasini chaqirsam, keyin, albatta, masxara qilishadi, kulgi, mazax uchun ularga bahona topiladi“, deb oʻyladi Gulnor. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Sinonimlari
Antonimlari
КУЛГИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
Tarjimalari
Ruscha ru
kulgi
1 смех; смешок; ◆ xushchaqchaq ~ радостный смех; ◆ samimiy ~ искренний смех; ◆ soxta ~ деланый, вымученный смех; ◆ zalda ~ koʻtarildi в зале раздался смех; ◆ oʻyin-~ (букв. игра и смех) веселье; забавы; ◆ oʻyin-~ga berilmoq предаваться веселью; ◆ ana ~-yu, mana ~! вот потеха, так потеха!;
2 посмешище; ◆ ~ boʻlmoq быть посмешищем, служить посмешищем; ◆ ~ qilmoq насмехаться; ◆ meni toza ~ qilishdi меня просто сделали посмешищем;
3 юмор; // юмористический.