pilta

Oʻzbekcha (uz)Turkum:Oʻzbek tili

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

pil-ta

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

|f. s < a. "Jii — oʻram, ka-lava, ip; d Lt < — pilik; yondiruvchi port-latuvchi ip, shnur| 1 Piltakachga oʻrab, doʻppi tepchigiga, baʼzan toʻn yoqasining qa-vigʻiga tiqiladigan qogʻoz.  Yoqaga urilgan pilta. Doʻppi pshtasi. m  -Doʻppi yomon emas, — deydi Musavoy. — Piltalarini qara, shaldiroq qogʻozdan shekilli. Oybek, „Bola-lik“ .  Aksar doʻppilar tepchigidan qirqilib, piltasi koʻrinib turadi. A. Qodiriy, „Obid ketmon“ .

Piltasi chiqmoq 1) eskirib, yirtilib toʻzmoq (asosan doʻppi, toʻn haqida).  Mirza Muhiddin uning piltasi chiqqan doʻppisini yaqin toj oʻrnida koʻrar edi. A. Qahhor, Sa-rob; 2) koʻchma chatogʻi chiqmoq, aybi, siri ochilmoq.  Doim bir ish qilsa, orqasidan piltasi chiqib yuradi. "Mushtum" .

2 Paxta, jun, ipak va zigʻir tolalari-ni boʻshgina himarib, choʻzib, tekislab va toʻgʻrilab hosil qilinadigan toʻqimachilik mahsuloti (lenta); pilik olishdagi xomashyo.

3 Biror narsani maʼlum masofadan turib yondirish yoki portlatish uchun ishla-tiladigan yonuvchi chizimcha, shnur.  Miltiq-ning piltasiga oʻt tegizmoq.

Pilta miltiq tar. Porox zaryadi pilta bilan alanga oldiriladigan silliq stvol-li miltiq.  Bu tomondagi keng maydonda harbiy mashq — otda chopib novda qirqish, tirandozlik, pilta miltiq otish kabi mashqlaroʻtadi. Mirmuhsin, „Qahramonnoma“ .

4 q. pilik 1.  Tumshuqlarning har birida bir pilta yonib turib, har ikki tomonni — ham gʻoʻza chuvuvchilar oldini, ham chigʻiriqlar oldini baravar yoritardi. S. Ayniy, „Esda-liklar“ .

5 esk. Charxda ip yigirish uchun piltakach-da yumalokdangan bir boʻlak paxta, pagʻa.  Onam shu qadar tez, shu qadar ingichka yi-girar ediki, piltadan chiqayotgan ipni koʻzim ilgʻamasdi. Yo. Shukurov, „Qasos“ . Elmurodunga [otinoyiga] savalgan paxtadan pshgta oʻrab beriboʻtirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.

6 s.t. q. pilik 3.  ..toʻppi kiyib, sichqon dumidek sochlariga pilta oʻragan jamalak qizaloq uning diqqatini tortdi. Mirmuhsin, „Qahramonnoma“ .

7 Doʻppidoʻzlik, miskarlik va b. amaliy sanʼat turlarida bezak turi: chiviq kabi ingichka boʻrtma bezak yoʻl.

Sinonimlari

Antonimlari

ПИЛТА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar

Tarjimalari

Ruscha ru

pilta
1 фитиль; фитилёк,  miltiq piltasi фитиль ружья (старинного);
2 ровница (кусок ваты, слегка, скатанной валиком для прядения на прялке);  pilta savat лукошко, корзинка для хранения ровницы;  pilta soch чуб, чубчик;
3 узкая полоска бумаги, накрученная на специальную длинную шпильку для закладывания между верхом и подкладкой тюбетейки;  doʻppiga pilta urmoq (или otmoq) закладывать бумажные трубочки в тюбетейку (для придания ей жёсткости);  yoqasiga pilta otgan (или urgan) yaktak летний халат с жёстким воротником;  piltasi chiqqan doʻppi старая, обтрёпанная тюбетейка;
4 запальный шнур;  

  • uning piltasi chiqdi его проделки обнаружились;  kaltakking zarbidan oʻqing badani pilta-pilta boʻlib ketibdi его тело было исполосовано сильными ударами палки.
Turkum:Oʻzbek tili Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar