sadaqa

Oʻzbekcha (uz)Turkum:Oʻzbek tili

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sa-da-qa

Aytilishi

Etimologiyasi

arab. — xayr, ehson, sadaqa;

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1. Tilanchiga, muhtojlarga beriladigan xayr-ehson.  ..Shoqosim past, ayanchli ovoz bilan bir nimalar soʻzlab, oʻtkinchilardan sadaqa soʻraydi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“  Eshikdan kirib kelgan tilanchi sadaqa soʻradi. "Mushtum".

2. Oluvchi nazarida sadaqa boʻlib tuyuladigan xayr-ehson, pul.  Xotiningiz sizni allaqachon unutibdi, sadaqalaringizga muhtoj emas ekan, deb ayting. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar.“  Oʻtgan kuni pul yuborgan edim, olmabdi. "Menga sadaqa kerak emas, sudga berib, qonuniy aliment olaman", degan emish. A. Qahhor, „Ogʻriq tishlar.“

Bosh-koʻzidan sadaqa Sarf qilingan pul, yoʻqotilgan yoki birovga berilgan narsa, mol-dunyoga achinmaslikni bildiruvchi ibora.  Puliga tirnoqcha ham kuymasdi, bolalarimning bosh-koʻzidan sadaqa, derdi.. R. Fayziy, „Hazrati inson.“
Jonim sadaqa (boʻlsin) Birovga cheksiz hurmat-ehtiromni ifoda-lovchi, "siz uchun jonimni ham berishga tayyorman" mazmunida aytiladigan ibora.  Xush kelibsiz, bosh ustiga, sultonim, Sizdan sadaqadir bir shirin jonim! "Shirin bilan Shakar".
Sadaqa(si) boʻlmoq Kimsaning qurboni boʻlmoq; kimsa yoki narsaga jon fido qilmoq; aylanmoq, oʻrgilmoq.  Dono odamga sadaqa boʻlsang arziydi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“
Sadaqai odam ket ayn. sadqai odam ket q. sadqa.  Anzirat xola Sidiqjonga "Voy, sadaqai odam keting, nahot kishi shunday xotinini, shunday bolani qoʻyib, bu yoqlarda yursa!" deganidan keyin chehrasi ochildi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“
Sadaqasi ketmoq ayn. sadaqa(si) boʻlmoq  Tushungan odamning sadaqasi ketsang arziydi. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar.“

Antonimlari

САДАҚА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar

Tarjimalari

sadaqa

Tillar

OʻTIL

Ruscha ru

sadaqa
1 милостыня, подаяние, подачка;  sadaqa bermoq подавать милостыню;  sadaqa soʻramoq просить милостыню;  xayr sadaqa см. xayr 2;
2
жертва, искупительная жертва (напр. вещь, которую отдают кому-л. по обету);  sadaqang boʻlay (или ketay) (букв. да буду я жертвой за тебя) миленький; миленькая;  sadaqa qilmoq жертвовать;  

  • sadaqayi sar шут с ним, бог с ним, ладно уж;  sadaqayi odam (ketsin) неодобр. ну и человек.
Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar
Turkum:Oʻzbek tili Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar