xil

Oʻzbekcha (uz)Turkum:Oʻzbek tili

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

xil

Aytilishi

Etimologiyasi

a. — xususiyat, sifat

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Biror

narsaning navi, turi; zot, jins.  Ikki xil fikr. Atlasning yetti xwi rang jilosi. n Lekin Karim Toirov degani ham boʻsh kel-maydiganlar xshshdan ekan. S. Ahmad, Yulduz.  Ichimliklarning qaysi xilidan soʻrasangiz — tayyor. S. Zunnunova, „Olov“ .  Dildor qosh-larini, yelkalarini uchirib, ming xil muqom bilan qoʻshiq aytardi. S. Ahmad, „Ufq“ .

Bir xil 1) bir turli; har jihatdan teng.  Kunlar bir xil, kunlar zerikarli. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . Tosh koʻzaga tushsayam, koʻza toshga tushsayam, oqibat bir xwi — tosh sinmaydi, koʻza sinadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik; 2) ayrim, baʼzi, baʼzi bir.  Koʻp lashkar vagʻirlashdi, Togʻlarning qushi uchdi. Qoʻrqoqning hushi uchdi, Bir xili otdan tushdi. "Yusuf va Ahmad" . Bir xil boʻlib ketmoq Toʻlqinlanmoq, haya-jonlanmoq; oʻzini noqulay sezmoq. U  boʻ-yinbogʻini bogʻlarkan, xotiniga razm solib, koʻng/iu bir xil boʻlib ketdi. S. Nurov, „May-salarni ayoz urmaydi“ . Xil tushmoq (yoki kel-moq) Bir-biriga mos kelmoq, mos tushmoq. Koʻp oʻtmay  [Nabijon bilan raisning\ ora-laridan ola mushuk oʻtadigan, gaplari gap-lariga xil kelmaydigan boʻlib qoldi. F. Nas-riddinov, „Ota oʻgʻli“ .

Sinonimlari

Antonimlari

ХИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar

Tarjimalari

Ruscha ru

xil
1 вид, сорт; род; тип;  bir necha xil gazlama несколько сортов материи;  xillarga ajratmoq подбирать по сортам, сортировать; рассортировывать; bu (или shu)  xilda таким образом, так;  ish shu xilda bora bersa, plan toʻlmaydi если дело дальше будет продолжаться в таком духе, план не будет выполнен; bu (или shu)  xildagi такой, такого рода;  bu xildagi xatolar koʻp uchraydi такого рода ошибки встречаются часто;  bir xil 1); одинаковый; однородный, однотипный; 2) одинаково;  ikkita bir xil uy два одинаковых дома;  hammaga bir xil qaramoq одинаково относиться ко всем; относиться, не делая различия (между кем-чем-л.); 3) некоторый;  bir xil odam unday deydi, bir xil odam boʻnday deydi одни люди говорят так, другие - по-другому;  bir xil boʻlib ketdim я почувствовал какую-то неловкость, мне сталокак-то неприятно, не по себе;  bu sovuq xabarni eshitib, koʻnglim bir xil boʻlib ketdi от этой неприятной вести мне стало не по себе;  ikki xil 1) два сорта;  ikki xil mol два сорта товара; 2) разный; неодинаковый;  ikki xil odam разные люди; 3) неодинаково;  xil-xil разный, разнообразный, многообразный, всякого рода;  xilma-xil различный, разный, разнообразный, многообразный;  xilma-xil машиналар разнообразные машины;  xilma-xil rangdagi mushaklar разноцветные ракеты;  xilma-xillik разнообразие; многообразие;
2 подобранный, отобранный (из кого-чего-л.); лучший;  Oʻlkamda yetishdi xil yigitlar, Gʻayratli, ziyrak, dadil yigitlar (Ћабибий) В моём краю выросли замечательные джигиты - энергичные, смышлёные и отважные;  

  • xil tushmoq подходить, соответствовать друг другу (чаще в отрицательном смысле);  ular juda xil tushibdi они - два сапога пара; они один другого стоят.
Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar
Turkum:Oʻzbek tili Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar