Gadoiy

Gadoiy
Umumiy maʼlumotlar
Qardosh loyihalar
Turkum:Kishilar

Gadoiy (1403/04 – XV asr oxiri) – oʻzbek shoiri.

G

  • Gar qabuliyatgʻa qobil tushsa jon jonim sanga
    Jonima minnat fido boʻlsun, begim, jonim sanga[1].

H

  • Har kishiningkim kishiga rahmi yoʻq – iymoni yoʻq[2][3].

K

  • Kimga aytay dard-u holimni, ne tadbir aylayin,
    Kim, meni boshtin-ayoq, zolim firoqing oʻrtadi[1].

N

  • Nosiho dardi dilimni bilmasang, maʼzursan,
    Chunki bilmaydur, bale, sohildagi holi gʻariq[1].

X

  • Xamrdin yaxshi yoʻq jahonda neʼmat,
    Boʻlmasa gar xumoru dardisari[1].

Y

  • Yana begonasen, bori nechuksen?
    Vafodin yonasen, bori nechuksen?
    Qilib shart avval-u oxir pushaymon,
    Soʻzingdan tonasen, bori nechuksen?[1]
  • Yer yuzida yaxshilarga,
    Yaxshilikdan yaxshi yoʻq[2][4].

Ch

  • Chun hashr qismat kuninda boʻldi taʼyin, ey,
    Necha manʼ etgaysan oxir oshiqi avboshni[1].

Manbalar

  1. 1 2 3 4 5 6 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil 251-bet. 
  2. 1 2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 124-bet. 
  3. Tursun 2006, s. 29.
  4. Tursun 2006, s. 132.

Adabiyotlar

  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 208-bet. 
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Kishilar