Tajriba

Tajriba
Qardosh loyihalar

Tajriba — voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng maʼnoda — uquv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri — eksperiment usuli ham tajriba deb ataladi.

A

  •  

Aql bilan tajribaning aloqasi suv bilan yerning aloqasi kabidir. Suv bilan yer oʻzaro birga boʻlmasa, yerda biror narsa unishi mahol![1] [„Favoqih al-julaso“ asaridan]

  Qayum Nosiriy
  •  

Aytishlaricha, har bir narsa aqlga muhtoj. Aql esa tajribaga muhtojdir[1]. [„Favoqih al-julaso“ asaridan]

  Qayum Nosiriy

G

  •  

Garchand uzoq umr koʻrgan boʻlsalar-da, koʻp odamlar gʻoʻr va tajribasizdir[2].

  Abulqosim az-Zamaxshariy

I

  •  

Inson uchun har qanday magʻlubiyat bir tajribadir. Magʻlubiyatlardan saboq olganlar kelajakda gʻalabalarni qoʻlga kiritadilar[3].

  Muhammad Kamol Pilav

J

  •  

Jahonda bor narsa – aqlga, aql esa [tajribaga muhtojdir[4].

  Muʼiniddin Juvayniy

T

  •  

Tajribali keksalar shijoatli yoshlardan koʻra chora va tadbirga ustaroqdirlar.
Bayt:
Yoshlar bilan jangu jadal ichra kir,
Yongish tadbirin keksadan qidir.
Garchi yoshlar boʻlsa botiru chaqqon,
Ammo keksa dili choragadir kon![5]

  Xoja Samandar Termiziy

Manbalar

  1. 1 2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 55.
  2. Tursun 2006, s. 117.
  3. Tursun 2006, s. 63.
  4. Tursun 2006, s. 116.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 154.

Adabiyotlar

  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 208-bet. 
Turkum:Mavzular
Turkum:Mavzular