dalil

Oʻzbekcha (uz)Turkum:Oʻzbek tili

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

da-lil

Aytilishi

Etimologiyasi

a. JJj — belgi, iz; isbot; sa-bab

Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 dalolat, isbot, (fikr, mulohaza va shu kabilarni tasdiqlovchi, ular haqida dalolat beruvchi manba); fakt.  Ishonchli dalil; Kuchli dalil. n -Gumoningiz boru, dalilingiz yoʻq! — Qunduzoy uning soʻzini boʻldi. Oydin, Hikoyalar.  -Tuhmat, qani dalil? — birdan tutaqib baqirdi Uljayev. "Mushtum" .  Maʼqul emas, deyish bilan ish bitmaydi, birorta dalil kerak. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

2 huq. Jinoyatni tasdiqlovchi narsa, fakt yoki holat.  Siz aytayotgan buyumlar qotillikka aloqador ekanligiga dalil boʻla olmadi. Buni hali isbotlash kerak. "Yoshlik" .  Oʻz raisini qoʻlga tushirgan hujjatlaridan, dalillaridan, tergov natijalaridan xabardor qildi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .

3 Ashyoviy (yoki ashyoviy) dalil yoki moddiy dalil. Jinoyatni isbotlaydigan buyumlar.  Sud majlisi zalida Pauersni josuslikda fosh etuvchi ashyoviy dalillar qoʻyilgan. Gazetadan .  Prokuror aslo iloji yoʻqligini ashyoviy dalillar bilan isbotlab berdi. S. Ahmad, „Yulduz“ .

4 Toʻgʻri dalil Toʻgʻridan-toʻgʻri, bevosita isbotlaydigan dalil (maye., jinoyatchi barmogʻining biror narsada qolgan izi). Egri {yoki soxta) dalil Bavosita isbotlaydigan dalil.  ..Boʻlmagan soxta dalillar bilan gapiruvchi ifloslarning soʻziga kirib, buxilda qilish yaxshi emas. Hamza, „Tanlangan asarlar“ .

Ot

dalil (koʻplik dalillar)Turkum:Oʻzbekchada ot soʻzlar

Antonimlari

ДАЛИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar

Tarjimalari

Ruscha ru

dalil
1 довод, аргумент, доказательство, свидетельство; основание;  sotsialistik xoʻjalikning yutuqlari Sovet Ittifoqining qudrati tobora oʻsayotganligining ~idir успехи социалистического хозяйства - свидетельство растущей мощи Советского Союза;  rad qilib boʻlmaydigan ~ неопровержимое доказательство; неоспоримый довод;  ashyoyi ~ юр. вещественное доказательство;  ~ keltirmoq, ~ koʻrsatmoq приводить доказательство (довод); аргументировать;
2 юр.улика;  toʻgʻri ~lar прямые улики;  egri ~lar косвенные улики.

Turkum:Oʻzbek tili Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar Turkum:Oʻzbekchada ot soʻzlar