hujum

Oʻzbekcha (uz)Turkum:Oʻzbek tili

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

hu-jum

Aytilishi

Etimologiyasi

a. f.— hamla, tajovuz, bosqin; kasallik xuruji

Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Egallash, yoʻq qilish, qaytarish va sh. k. maqsadda harakat qilish; shunday maqsaddagi harakat, uri-nish; hamla.  Ayollar tosh, gʻisht parchsiarini koʻtarib, eshik va derazalarga hujum qila ketdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .  Shu payt qoʻqqisdan ikkinchi burgut ham hujumga oʻt-di. Oqsoq toʻngʻizcha anchagacha chiyillab tur-di, soʻng ovozi tindi. "Fan va turmush" .  Ra-him itining olgʻirligi, qoʻy podasini qanday qilib boʻrining hujumidan qutqargani haqida maqtana ketdi. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoq-lar“ .

2 harb. Biror hududni zabt etish, dush-manni yoʻq qilish uchun texnika va sh. k. bilan harakat qilish, tashlanish.  Hujumga oʻtmoq. Dushman hujumini qaytarmoq. Havo hujumi. yat Bombardimonchilarning hujumi oʻn besh minut davom etdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .  Dushman qanchalik gangitilsa.. hujumning muvaffaqiyati shunchalik mu-qarrar boʻladi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .  Oʻr-mon yaqinida shox-shabba bilan yashirilgan ikkita dushman tanki hujumga shay tur-ganligi haqida xabar keltirishdi. Gazetadan .

3 sprt. Qarama-qarshi tomonli sport oʻyinlarida raqibning himoyasini yengish, himoya nuqtasini ishgʻol etish uchun tashlanish harakati.  Ketma-ket boʻlgan hujum-lar oʻz natijasini berdi: futbolchilari-miz raqib darvozasiga javobsiz ikki toʻp kiritdilar. Boksda hujum bilan birga hi-moyani ham esdan chiqarmaslik kerak. shsh Uning raqibi shohni hujumdan mudofaa qi-lish uchun uzoq oʻylanib qoldi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .

4 koʻchma Tanbeh, haqorat qilish, soʻkish va sh. k. bilan kimsaga tashlanish; hamla.  Xushroʻy chodirdan chiqmasdanoq, choy tashib, xizmat qilib yurgan kundoshiga kesatiq bilan hujum boshlaydi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .  Shuning uchun Ubaydulla aka har bir masalada kuyovining yonini olar, xotini sal gʻinshiy boishsa, darhol hujumga oʻtardi. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“ .

5 koʻchma Biror katta ish yoki tadbirni amalga oshirishga qaratilgan umumxalq ha-rakati.  Savodsizlikka qarshi hujum. Pa-ranjiga qarshi hujum. sht Mashinalar ish-layotgan joyda choʻlga qudratli hujum bosh-langanligi sezilib turibdi. R. Fayziy, „Choʻl-ga bahor keldi“ .


Sinonimlari

Antonimlari

ҲУЖУМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar

Tarjimalari

Ruscha ru

hujum
1 наступление, нападение, налёт, атака;  havo ~i воздушный налёт;  dushman ~ini qaytarmoq отразить наступление врага;
2 перен. наступление;  paranjiga qarshi ~ ист. наступление на паранджу;  qoʻriqqa ~ наступление на целину;
3 перен. нападки, выпады;  ~ ostida qolmoq подвергаться нападкам;  ~ qilmoq, ~ etmoq 1) нападать, наступать, атаковывать; 2) перен. набрасываться (с бранью, упрёками и т. п.), нападать.

Turkum:Oʻzbek tili Turkum:Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar Turkum:Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar