Axloq

Axloq
Qardosh loyihalar

Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi.

A

  •  

Aqliy halovatga axloqiy fazilatlar tufayli erishiladi[1].

  Dmitriy Pisarev
  •  

Aql prinsiplariga asoslangan va insonning ezgulik sari tabiiy intilishidan kelib chiqadigan axloqdan oʻzga axloq boʻlishi mumkin emas[2].

  Pyer Beyl
  •  

Avvalo yaxshi axloqni, keyin donishmandlikni oʻrgan, chunki axloqli boʻlmay turib, donishmand boʻlish amri mahol[2].

  Seneka
  •  

Axloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi[2].

  Arastu
  •  

Axloqiylik degan biz faqat tashqi muomalani koʻzda tutmaymiz, balki niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz[2].

  Yan Amos Komenskiy
  •  

Axloq kishilik jamiyatining yuksalishi uchun xizmat qiladi[3].

  Vladimir Lenin
  •  

Axloqli kishi hatto oʻz hayotidan ayrilgan taqdirida ham doʻstlari va vatani uchun koʻp ishlar qiladi[2].

  Arastu
  •  

Axloq nima? U nimadan iborat boʻlmogʻi kerak? Kishining qadr-qimmati va uning yuksak mavqeiga qatʼiy, chuqur eʼtiqod, unga qizgʻin, soʻnmas ishonchdir. Shu eʼtiqod, shu ishonch jamiki bashariyat ezguligining, barcha amaliy ishlarning qaynar bulogʻidir[3].

  Vissarion Belinskiy
  •  

Axloqning asosi iymonga bogʻliqdir. Iymonsizning axloqi boʻlmaydi[4].

  Muhammad Kamol Pilav
  •  

Axloq odamlar aro mavjud boʻlgan munosabatlar va shu munosabatlardan kelib chiqadigan masʼuliyatlar haqidagi fandir[3].

  Pol Anri Golbax
  •  

Axloq uzundan-uzun gap, nasihatgoʻylikdan koʻra ixchamgina hikmatli soʻzlarda yaxshi ifodalanadi[5].

  Immerman Karl Lebrext

B

  •  

Bir joyda axloqsizlik yoyilsa, Alloh (yaxshi-yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi[6].

  Abu Bakr Siddiq
  •  

Bizning jamiyat uchun axloqiy normalarning oddiy roʻyxati emas, balki mukammal, amalga oshirib boʻladigan bus-butun axloqiy sistema qatʼiyan zarurki, bu sistemada bir tomondan gʻoyat jiddiy falsafiy xulosalar va ikkinchi tomondan esa ijtimoiy-axloqiy anʼanalar sistemasi oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak[7].

  Anton Makarenko

E

  •  

Eng yengil va foydali ibodat kam gapirish va yaxshi axloqli boʻlishdir[8].

  Imom Abu Yusuf

H

  •  

Hayotdan uzib olingan axloq har qanday axloqiy mohiyatni yoʻqotgan hayot yangligʻ axloqsizdir[3].

  Georgiy Plexanov

I

  •  

Idroklilik va axloqiylik hamisha bir-biriga muvofiq keladi[1].

  Lev Tolstoy
  •  

Insonning axloqiy tabiati uning jismoniy tabiatidan shu bilan ajralib turadiki, unda hech qanday absolyutlik yoʻq: yurish-turish biron-bir hodisa tufayli yuzaga chiqadigan xarakterlar yoki gʻoyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador boʻladi[7].

  Onore de Balzak

M

  •  

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi oʻn xislatdan iboratdir: saxovat va hayo, rostgoʻylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr[11].

  Ali ibn Abu Tolib

N

  •  

Nimaki goʻzal ekan — u axloqiydir[1].

  Gyustav Flober

O

  •  

Odamlarga inson tabiati, tajribasi, idrokiga asoslangan insoniy axloq kerak[7].

  Klod Gelvesiy
  •  

Ota-onasi oʻlgan odamni emas, odob-axloqi boʻlmagan odamni yetim de[12].

  Otalar soʻzi

Y

  •  

Yuksak axloqiylik — bu kollektiv foydasi uchun oʻz shaxsiyatini qurbon qilishdir[2].

  Mixail Prishvin

  •  

Oʻrinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib boʻlmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmy turib, oʻrinli, axloqli va adolatli yashab boʻlmaydi[1].

  Epikur

Sh

  •  

Shaxsiy axloq hamisha ijtimoiy axloqqa boʻysunadi[7].

  Timofey Granovskiy

Manbalar

  1. 1 2 3 4 Voronsov 1989, s. 29.
  2. 1 2 3 4 5 6 Voronsov 1989, s. 28.
  3. 1 2 3 4 Voronsov 1989, s. 26.
  4. Tursun 2006, s. 27.
  5. Voronsov 1989, s. 9.
  6. Tursun 2006, s. 127.
  7. 1 2 3 4 Voronsov 1989, s. 27.
  8. Tursun 2006, s. 54.
  9. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 116.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
  11. Tursun 2006, s. 122.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.

Adabiyotlar

  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 
Turkum:Mavzular
Turkum:Mavzular