Ochlik

Ochlik

Qardosh loyihalar

Ochlik — organizmni saqlab qolish uchun kerakli darajadan past boʻlgan jiddiy energiya yetishmovchiligi. Bu holat toʻyib ovqatlanmaslikning eng ekstremal shakli hisoblanadi.

A

  •  

Abul Abbos qassob shunday der edi: „Ochlikdan betoqat boʻlmagunimcha, aslo taom yemadim, shuning uchun tabibga hech ishim tushmadi!“

  — Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy[1]
  •  

Aqlli odam och qolmas.

  Otalar soʻzi[2]

O

  •  

Ochlikda qolmasa chidam va toqat,
Baʼzan arpa non ham koʻrinar novvot[3].

  Xusrav Dehlaviy

S

  •  

Saylovlar muntazam oʻtkaziladigan, hukumatni tanqid qiluvchi muxolifat partiyalari boʻlgan, gazetalari odamlarga nimalar sodir boʻlayotgani haqida bemalol xabar beroladigan va hech qanday jiddiy senzurasiz davlat siyosatining toʻgʻriligiga shubha qiloladigan biror-bir mustaqil mamlakatda hech qachon ochlik roʻy bermagan[4]. [Development as Freedom (New York: Alfred A. Knopf, 1999), p. 152.]

  Amartya Sen

T

  •  

Tabobatda shunday yozganin koʻrdim,
Ochlik davo erur barcha illatga!

  — Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy[1]

Manbalar

  1. 1 2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
  3. Tursun 2006, s. 85.
  4. Charlz Uilan. Yalangʻoch iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi. Toshkent: „Asaxiy Books“ loyihasi, „Nihol“ nashriyoti, 2023 540-bet. ISBN 978-9943-23-222-8. 

Adabiyotlar

  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 208-bet. 
Turkum:Mavzular
Turkum:Mavzular