Sadaqa

Sadaqa

Qardosh loyihalar

Sadaqa (arabcha: صدقة – xayr-ehson) – miskin, bechorahol, qashshoq va muhtoj kishilarga beriladigan majburiy yoki ixtiyoriy xayr-ehson.

A

  •  

Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem boʻlmasin yoki qaroqchilar qoʻliga tushmasin, desang, sadaqa qil[1].

  Abdulloh ibn Masʼud

F

  •  

Faqiru miskinlarga vojib sadaqalarni bajo keltirmagan boylarga jahannamda dahshatli bir handaq bordir[2].

  Abulqosim az-Zamaxshariy

I

  •  

Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar toʻlqinini duo bilan daf qilinglar[3].

  Ali ibn Abu Tolib

P

  •  

Pinhon tutsang yoʻqolur,
Bersang oʻzingda qolur[4].

  Xusrav Dehlaviy

R

  •  

Rizq-u roʻzing koʻp boʻlsin desang, koʻp sadaqa qil[5].

  Ali ibn Abu Tolib

X

  •  

Xayr-sadaqani kasb qilib olgan odamga hech bir ish yoqmaydi[4].

  Majididdin Xavofiy

Y

  •  

Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir[6].

  Abu Ali ibn Sino

Manbalar

  1. Tursun 2006, s. 102.
  2. Tursun 2006, s. 104.
  3. Tursun 2006, s. 28.
  4. 1 2 Tursun 2006, s. 98.
  5. Tursun 2006, s. 99.
  6. Tursun 2006, s. 123.

Adabiyotlar

  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 208-bet. 
Turkum:Mavzular
Turkum:Mavzular